"Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda

06 January 2017 Chop etish

savu_06012017.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi R-4766-sonli Farmoyishi ijrosi yuzasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv hamda tadbirlar tashkil etilmoqda. 
Jumladan, mazkur kasbiy bayram Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xodimlari ishtirokida ham tashkil etildi. 
O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov rahnamoligida harbiy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi va buning samarasida mutlaqo yangi milliy armiya shakllantirildi.
Natijada mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, hududiy yaxlitligi hamda sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir ixcham, tezkor, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan milliy armiyamiz shakllandi. 
Qayd etilganidek, bu e’tibor samarasini 1998 yilda Vazirlar Mahkamasi qarori asosida faoliyatini boshlagan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi misolida ham ko‘rish mumkin. Harbiy qismning moddiy-texnik bazasi zamonaviy texnika bilan mustahkamlanib, o‘quv-mashq jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Soha tizimida zamonaviy milliy armiyamiz uchun yetuk ofitser kadrlar mamlakatimiz oliy harbiy ta’lim muassasalarida tayyorlanmoqda. Boshqarma tomonidan yurtimiz aloqa ob’ektlari hamda telekommunikatsiya tarmoqlarida maxsus avariya-tiklash, aloqa ob’ektlarini qo‘riqlash bo‘yicha ishlar olib boriladi. 
Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida "Tulpor" deb nomlangan ko‘chma laboratoriya bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlari ob’ektlarida optik tolali aloqa liniyalarida tezkor avariya-tiklash ishlarini amalga oshiradi. 
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida, vazirlik tomonidan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan maxsus chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Uning asosida Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi «Harbiy vatanparvarlik oyligi»da faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, «Tinchlik uchun kurashmoq kerak», «Askar onalarini sharaflaymiz» shiorlari ostida TATU hamda boshqa muassasalarda jamoatchilik vakillari, faxriylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Rejaga muvofiq o‘tkazilgan tanlovda boshqarmada "Eng yaxshi aloqachi", "Eng yaxshi texnik ta’minot mutaxassisi", "Orqa front ta’minoti bo‘yicha eng yaxshi mutaxassis" va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha eng mohir harbiylar taqdirlandilar. 
Shu bilan birga, «O‘zbektelekom» AK qo‘llab-quvvatlashi bilan mamlakatimiz miqyosida harbiylar va ularning ota-onalari ishtirokida «Mening o‘g‘lim - Vatan himoyachisi» nomli videokonferensaloqa uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. 

Muallif: Axborot xizmati

Davra
Fuqarolar murojaati Statistika Qayta aloqa Ishonch telefoni