Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Akkreditatsiya
15.05.2017

«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23 noyabrdagi 243-son qaroriga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi hamda uning tizimidagi muassasalar faoliyatining o‘z vaqtida va xolisona yoritilishini ta’minlash, OAV vakillariga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida, OAV vakillari vazirlik huzurida onlayn akkreditatsiyadan o‘tishlari mumkin.

Muxbirlarni akkreditatsiya qilish, akkreditatsiya qilingan muxbirlarning asosiy huquqlari va majburiyatlari yuqorida ko‘rsatilgan qaror nizomiga muvofiq tasdiqlangan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi huzurida o‘z vakilini akkreditatsiyadan o‘tkazish istagida bo‘lgan OAVdan bosh muharrir nomidan rasmiy blankada, imzo va muhr ko‘rsatilgan holda buyurtmanoma yuborilishi lozim. Ushbu buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  •  ommaviy axborot vositasining nomi va turi;
  • ixtisoslashuvi;
  • tarqalish hududi;
  • elektron pochta manzili;
  • tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
  • akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;
  • kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan apparatlar.

Buyurtmanomaga batafsil ma’lumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oid ma’lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosurat ilova qilinadi.

Bosqichlar
1-bosqich
Subyektlar
OAV
Tadbirlar

AKT vazirligiga OAV akkreditatsiya qilish uchun zarur hujjatlarni taqdim etadi

Muddatlari
OAVning xohishiga ko‘ra
2-bosqich
AKT vazirligi

Ekspert guruhini tashkil etadi. Tavsiya etilgan muxbirning o‘z sohasini bilishi to‘g‘risidagi boshqa hujjatlarni o‘rganishni tashkil qiladi

Bir hafta muddatda
3-bosqich
Ekspert guruhi

Tegishli xulosani taqdim etadi

3 kun muddatda
4-bosqich
AKT vazirligi

Attestatsiya komissiyasini tashkil etadi va uni o‘tkazish tartibini tasdiqlaydi

Xulosa olingandan keyin 2 kun muddatda
5-bosqich
Attestatsiya komissiyasi

Muxbirni attestatsiyadan o‘tkazadi va komissiya dalolatnomasini qabul qiladi

5 kun muddatda
AKT vazirligi

Muxbirni AKT vazirligi huzurida akkreditatsiya qilish yoxud rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi

Xulosa olingandan keyin 3 kun muddatda

Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtiradi, uni akkreditatsiya qilingan muxbirga beradi.

Bir hafta muddatda

Muxbirni AKT vazirligi huzurida akkreditatsiya qilishni rad etilganligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishining sabablari to’g’risida OAVga taqdim etadi.

Qaror qabul qilingandan keyin 3 kun muddatda