Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
Litsenziyalash sxemasi
Bosqichlar
1-bosqich
Subyektlar
Litsenziya talabgori-yuridik shaxs
Tadbirlar

1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to’g’risidagi Nizomda nazarda tutilgan ro’yxatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Hujjatlarni AKT vazirligiga bevosita yoxud ularning olinganligi to’g’risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo’llash orqali elektron shaklda taqdim etadi.

Bajarish
muddatlari
Litsenziya talabgori xoxishiga ko`ra
 
2-bosqich
AKT vazirligi

1. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar mas’ul shaxs (ekspert komissiyasi kotibi) tomonidan ro’yxat bo’yicha qabul qilinadi, nusxasi hujjatlarni qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

2. Hujjatlarni ko’rib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritadi.

3. Takroran taqdim etilgan hujjatlarni ko’rib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritadi.

hujjatlarni qabul qilish kunida
 
3-bosqich
Ekspert komissiyasi

1. Tushgan arizalar va hujjatlarni ko’rib chiqadi, ular bo’yicha litsenziya berish yoki berishni rad etish to’g’risida ekspert xulosalar tayyorlaydi.

2. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos bo`lgan sabablar bartaraf etilgandan keyin takroran taqdim etilgan hujjatlarni ko’rib chiqadi, ular bo’yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi.

1) barcha zarur hujjatlar bilan ariza olingan kundan boshlab 15 kundan ortiq bo’lmagan muddatda;

2) hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin 6 kun mobaynida

 
4-bosqich
AKT vazirligi

1. Ekspert xulosalar asosida litsenziya berish yoki berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi.

2. Litsenziya talabgorini litsenziya berish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabardor qiladi. Litsenziya berish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda bildirishnomada bank hisob raqami rekvizitlari va davlat bojini to’lash muddati ko’rsatiladi. Litsenziya berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta taqdim etishi uchun yetarli bo’lgan muddat ko’rsatilgan yozma bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

3. Litsenziyalar reestriga tegishli yozuvni yozib qo’yadi.

1) 5 kun mobaynida (hujjatlar qayta taqdim etilganda 4 kun muddatda)

2) qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida

3) litsenziya berish to’g’risida qaror qabul qilingan kunda

 
5-bosqich
Litsenziyat
 
Litsenziyat talabgori

AKT vazirligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi hamda litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi litsenziyani bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilishga haqlidir.

 

AKT vazirligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi hamda litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda O’AKT vazirligi litsenziyani bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilishga haqlidir.

- litsenziya talabgoriga litsenziya berish to’g’risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida

 
6-bosqich
AKT vazirligi

1. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berilganligi uchun davlat boji to’langanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan hamda litsenziya bitimi imzolangandan keyin tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi. Litsenziya va litsenziya bitimi AKT vazirligi tomonidan imzolanadi.

2. Rasmiylashtirilgan litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga beriladi.

bir kun muddatda