Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Nippon Telephone Telegraph (NTT) kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    03.10.2019

    2019 yilning 3 oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov,  Nippon Telephone Telegraph (NTT)  kompaniyasi  rahbari   Katsushige Kojima bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

    Uchrashuvda O'zbekiston tomoni va NTT kompaniyasi bilan  hamkorlikda O'zbekiston Respublikasida zamonaviy yuqori texnologik yutuqlarni joriy qilish, va O'zbekiston  va Yaponiya oʻrtasida halkaro telefon suzlashuvlarini toʻgridan- toʻgri almashishni yoʻlga qoʻyish va ularning xajmini yanada oshirish boʻyicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

    Tomonlar  axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish boʻyicha tajriba almashish va hamkorlik qilish boʻyicha tegishli ishlarni  olib borishga kelishildi.

    Shu bilan birga  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, «NTT Communications Form 2019» form faoliyataida ishtirok etdi.

    Forum doirasida dengizosti kabellarini qurish va ekspluatatsiya qilish, xavfsiz shahar loyihasi bo‘yicha yechimlari, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini qurish va bulutli xizmatlar bo‘yicha eng so‘ngi yechimlar bilan tanishdi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Yaponiyadagi tashrifi 2019 yil 5 oktyabrgacha davom etadi.  

    Manba: Axborot xizmati