Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Internet Initiative Japan (IIJ) kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    03.10.2019

    2019 yilning 3 oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov,  Yaponiyaning Internet Initiative Japan (IIJ) kompaniyasi  rahbari   Koichi Suzuki bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

    Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish boʻyicha tajriba almashish va hamkorlik qilish boʻyicha tegishli ishlarni  olib borishga kelishildi.

     

    Manba: Axborot xizmati