Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyatida “Ictweek Uzbekistan – 2019” haftaliklari bo‘lib o‘tmoqda
    26.09.2019

    “Ictweek Uzbekistan 2019” haftaligida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Farg‘ona tumanidagi 28- hamda 9-umumta’lim maktablariga 10 tadan 20 dona zamonaviy kompyuterlar va printerlar taqdim etildi.

    Shuningdek, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan sinf xonalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Ictweek Uzbekistan – 2019” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida ko‘rgazma  bo‘lib o‘tmoqda.

    Tadbirdan ko‘zlangan maqsad axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalarni keng jamoatchilikka namoyish etish va ularni muhokamalardan o‘tkazishdir.

    Manba: Axborot xizmati