Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Qozog‘istonda aloqa ma’muriyatlari rahbarlari bilan uchrashdi
    17.09.2019

    Joriy yilning 16-17 sentyabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashining va ASHH Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Unda 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov  Axborot   kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiyalar infratuzilmasini yanada rivojlantirishning    istiqbolli rejalari bo‘yicha  ma’ruza qilgandi.

    16-sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Mamin Aloqa ma’muriyatlari rahbarlarini qabul qilgandi.

     Bugun 17-sentyabr kuni Aloqa sohasida hududiy hamkorlik (ASHH) Aloqa ma’muriyatlari rahbarlari kengashi hamda ASHH Axborotlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish kengashining  qo‘shma yig‘ilishi o‘z ishini davom ettirib yakunladi.

    Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov rahbarligidagi delegatsiya Rossiya, Tojikiston, Ozarbayjon, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston aloqa ma’muriyatlari rahbarlari bilan muloqotlar o‘tkazdi.

    Shuningdek, AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Xalqaro elektraloqa ittifoqi Bosh kotibi Xoulin Jao, Butunjahon pochta ittifoqi Bosh direktori Hussayn Bishar, ASHH ijroiya qo‘mitasi Bosh direktori Nuruddin Muhitdinov, Huawei kompaniyasining Yevroosiyo mintaqasi vitse-prezidenti Tao Xou, GSMA assotsiatsiyasining tartibga soluvchi masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Jon Justi, Qozog‘iston Respublikasi kosmik aloqalar markazi boshqaruvi raisi Baurjon Kudaboyev bilan uchrashdi. Muzokaralarda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, kelgusi istiqbolli vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

    Manba: Axborot xizmati