Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Paralimpiyachilar kibersportda bellashishdi
    20.08.2019

    Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga qaratilgan beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi korxona va tashkilotlari turli tadbirlarni amalga oshirmoqda. 

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi o‘tkazgan navbatdagi tadbir uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratildi. Ushbu tadbir O‘zbekiston «ESPORTS» federatsiyasi bilan hamkorlikda ilk marotaba paralimpiyachi yoshlar o‘rtasida kibersport musobaqasi tashkil etilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

    Turnirga «O‘zMobayl» hamda Ucell mobil aloqa kompaniyalari homiylik qilishdi.

    – Bugungi kunda respublikamiz paralimpiyachilari sportning barcha turlari bo‘yicha butun dunyoda yuqori natijalarni ko‘rsatib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib kelishmoqda, – deydi vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Nodir Tursunov. – Ular nafaqat katta sportda, balki kibersportda ham usta ekanliklarini turnirimizda isbotlab berishdi. Biz ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Turnir orqali paralimpiyachi yoshlarimizga Yurtboshimiz ilgari surgan beshta tashabbus mazmun-mohiyatini yetkazib bera olganimizdan mamnunmiz. Turnirga homiylik qilgan kompaniyalarga alohida tashakkur bildiraman. 

    Shunday qilib, turnirda ellik nafardan ziyod paralimpiyachi yoshlar ishtirok etdi. Faxrli 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan kibersportchilarga homiylarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati