Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
  • BMTning Ehtiyojlar boʻyicha Missiyasi ekspertlari bilan uchrashuv
    23.07.2019

    2019-yil 23-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O.Umarov respublikamizga tashrif buyurgan BMTning Ehtiyojlarni baholash boʻyicha Missiyasi ekspertlari bilan uchrashdi.

    Muloqot davomida BMTning Ehtiyojlarni baholash boʻyicha Missiyasi ekspertlariga Oʻzbekiston Respublikasidagi saylovlar jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

    Muloqot yakunida tomonlar yuzaga keladigan masalalar yuzasidan konstruktiv hamkorlik qilish boʻyicha kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati