eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT Vazirligi va Oʻzbekiston Elektron kompyuter sporti federatsiyasi hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi
    11.07.2019

    11-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Elektron kompyuter sporti federatsiyasi hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi.

    Elektron kompyuter sporti federatsiyasi 2016-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida oʻzbekistonlik kibersportchilar qisqa davr ichida MDH davlatlari, Fransiya, Indoneziya, Gonkong va Xitoyda oʻtkazilgan xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, professional darajagi chiqishga erishdilar.

    AKT Vazirligi va Elektron kompyuter sporti federatsiyasining hamkorlikdagi rejalarida kibersport va umuman IT-sanoatini taraqqiy ettirish, oʻyinlar ishlanmalari borasida hamkorlik qilish, mahalliy va xalqaro miqyosda tadbir va musobaqalar oʻtkazish, yuqori texnologiyalarni ommalashtirish, xorijiy investorlarni jalb etish, tashqi bozorlarga chiqish singari jihatlar nazarda tutilgan.

    Manba: Axborot xizmati