Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT Vazirligi Oʻzbekistondagi operatorlar, provayderlar va telekommunikatsiya uskunalari taʼminotchilaridan 5G tarmoqlarini qurish boʻyicha takliflar taqdim etishlarini soʻraydi
    10.07.2019

    Takliflar quyidagilar kiritilishini nazarda tutadi:

    - 5G tarmogʻini qurish boʻyicha sinov sxemasi;

    - texnologiyalar va yechimlar taʼminotchilarini qoʻshgan holda, taklif etilayotgan 5G qurilmasi hamda maqsadli oxirgi foydalanuvchilar;

    - mavjud zarur resurslar, Oʻzbekistonda 5G demonstratsion loyihasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tajriba va moliyalashtirish haqida maʼlumotlar;

    - biznes-modelni amalga oshirish boʻyicha butun respublika boʻylab keng miqyosda foydalanish variantini qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagi yoʻnalishlar kiritilgan holda, takliflar:

    - qishloq xoʻjaligi;

    - aqlli transport;

    - aqlli shahar;

    - xavfsiz shahar;

    - taʼlim;

    - sogʻliqni saqlash;

    - sanoat;

    - imkoniyati cheklangan insonlar uchun loyihalar.

    Manba: Axborot xizmati