Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv
    05.07.2019

    2019-yil 5-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuv davomida Vazir Elchini Oʻzbekistonga tayinlangani munosabati bilan tabrikladi hamda yuksak va masʼuliyatli ishida muvaffaqiyat tiladi. U, shuningdek, 2017-yil 22-25-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Janubiy Koreyaga amalga oshirgan davlat tashrifi axborot texnologiyalari sohasida oʻzbek-koreys hamkorligini yanada kengaytirganini taʼkidladi.

    Uchrashuv chogʻida axborot texnologiyalari, ayniqsa, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-taʼlim va teletibbiyotning eng yangi texnologiyalarini joriy etish masalalarining joriy holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boʻyicha fikr almashildi.

    Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati