Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xitoyda “Seeds for the Future” talabalarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
    14.06.2019

    Joriy yilning iyun oyi boshida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti (TATU)ning 10 nafar talabasi Huawei kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan beshinchi “Seeds for the Future” loyihasi doirasida Xitoyga ikki haftalik amaliyot oʻtashga joʻnab ketgan edilar.

    Amaliyot dasturi oʻz ichiga Xitoyning ikki shahri – Pekin va Shenchjenga tashrifni qamrab olgan edi. Ushbu shaharlarda talabalar xitoy tiliga kirish kursi va kalligrafiya boʻyicha oʻqidilar, Xitoy madaniyati hamda diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishdilar, shuningdek, 5G, Katta maʼlumotlar, Bulut texnologiyalari va IoT singari Huawei kompaniyasining innovatsion yechimlari boʻyicha treninglarda qatnashdilar.

    14-iyun kuni Huawei bosh qarorgohida dasturda ishtirok etgan talabalarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi B. Saidov hamda Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi bosh direktori Lyu Szyasin ham ishtirk etdi.

    “Seeds for the Future” loyihasi 5 yildan buyon Oʻzbekistonda amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu davr mobaynida TATUning 50 nafar talabasi Xitoyda amaliyot oʻtadi.

    Manba: Axborot xizmati