Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi ishga tushirildi
    26.04.2019

    Shu yilning 25 aprel kuni Internet tarmogʻining project.gov.uz manzilida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi ishga tushirildi. 

    Ushbu tizim vositasida davlat organlari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini idoralararo kelishilishini amalga oshirishlari mumkin.

    Joriy yilning 25 aprel holatiga koʻra, 165 ta davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari mazkur tizimda ishlashi uchun ulangan. Hozirgi paytda, tizim yuklatilgan vazifalarni toʻliq bajarishga tayyor holatda.

    Avvalroq, 2019 yilning 19 aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida vazirliklar, idoralar, joylardagi ijro hokimiyati organlari rahbarlari va masʼul xodimlari uchun oʻquv-seminari tashkil etilgan edi.

    Tizim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 apreldagi 284-son “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.

    Manba: Axborot xizmati