Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida kirish imtihonlari boʻlib oʻtadi
    26.04.2019
    2019 yilning 27-28-aprel kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlarini topshirish uchun roʻyxatdan oʻtgan  barcha abituriyentlarga oʻz eshiklarini ochadi.
    Ochiq va shaffof imtihonlar jarayonini oʻtkazish va nazorat qilish maqsadida Janubiy Koreyadagi Inha universitetining barcha professor-oʻqituvchilar tarkibi Toshkent shahridagi Inha universitetiga yetib kelgan.
    Xohishi boʻlgan barcha jurnalistlar Toshkent shahridagi Inha universitetiga boʻlib oʻtadigan kirish imtihonlarida shaxsan ishtirok etishlari hamda 2019-2020 oʻquv yili uchun maʼlumot olishlari mumkin.

    Manba: Axborot xizmati