Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Soliq qonunchiligidagi yangi islohotlarga bagʻishlangan seminar
    04.04.2019

    4 aprel kuni Aloqa tarixi muzeyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Davlat soliq qoʻmitasi bilan hamkorlikda Vazirlik tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar, mobil aloqa operatorlari va Internet provayderlarining buxgalterlari, iqtisodchilari hamda yuristlarini joriy yilda soliq qonunchiligida olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida maxsus seminar tashkil etildi.

    Seminarda Davlat soliq qoʻmitasining ekspertlari mavzuga oid maʼruzalarni havola qilar ekanlar, 2019 yildan boshlab soliqlar, ajratmalar va soliq obyektlari boʻyicha qonunchilikda amalga kiritilgan yangiliklar va oʻzgartirishlar, shuningdek, mobil aloqa operatorlari uchun aksiz soligʻini kiritilishi mohiyati xususida maʼlumot berdilar.

    Tadbir doirasida yangi soliq hisobotlari,  rekvizitlar hamda ularni  elektron tarzda topshirish, yangi shakldagi hisob-fakturalarni rasmiylashtirish tartibi, soliq tekshiruvlarida yuzaga kelayotgan munozarali mavzular  hamda optimal natijaga erishish yoʻllari muhokama etildi.

    Seminar qizgʻin bahs-munozaralarga boy boʻldi. Tadbir ishtirokchilari oʻz faoliyatlarida duch kelayotgan masalalarning amaliy yechimi yuzasidan mutaxassislar bilan yuzma-yuz fikr almashdilar.

    Manba: Axborot xizmati