Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻzbekiston boʻyicha Axborot texnologiyalari sohasida mehnat bozori mutaxassislari tahlili /Internet/Telekommunikatsiyalar
    19.03.2019

    Oʻzbekiston boʻyicha Axborot texnologiyalari/Internet/Telekommunikatsiyalar sohasida 2019 yil yanvar-fevral oylari uchun mutaxassislarning mehnat bozori tahlilini tayyorlandi.

    “Axborot texnologiyalari/Internet/Telekommunikatsiyalar” professional sohalarida talab va taklifning asosiy jihatlari

    2019 yilning yanvar-fevral oylarida IT sohasidagi boʻsh ish oʻrinlari 2018 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 65 foizga oshdi, bu esa ish beruvchi tomonidan joylashtirilayotgan takliflar koʻpayib borayotganidan dalolat beradi.

    Oʻzbekiston kadrlar bozoridagi mavjud holat uchun xususiyatli boʻlgan umumiy tendensiya – eng yaxshilarini tanlash – IT uchun ham dolzarb.

    IT sohasidagi koʻplab mutaxassisliklar orasida hozirgi vaqtda eng koʻp boʻsh ish oʻrinlari telekommunikatsiyalar yoʻnalishida joylashtirilayotgan boʻlib, bu “Axborot texnologiyalari/Internet/Telekommunikatsiyalar” professional sohalaridagi joylashtirilayotgan boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi umumiy miqdorning 26,22 foiziga teng, undan keyingi oʻrinlarda dasturlashtirish va dastur ishlab chiqish mutaxassislari 17,2 foiz koʻrsatkich bilan bormoqda.

    Tashkilotlarning IT infratuzilmalarini ishlab chiqish va ushlab turishda yuqorida qayd etilgan mutaxassislarga boʻlgan talab yaqqol ifodalanadi: aniq ishlovchi dasturiy taʼminot, kompaniyaning barcha texnik va informatsion tomonlarini, shu jumladan, bek-ofislar, filiallari va boʻlinmalarini bir maromda ushlab turish kompaniya xodimlarining birmuncha samarali va sifatliroq ishlashiga koʻmak beradi.

    HeadHunter Indeksi (Oʻlchovi)

    HeadHunter Indeksi – mehnat bozorida mutaxassislar taqchilligi koʻrsatkichi. Muayyan vaqt oraligʻi uchun nomzodlar sonining ochiq pozitsiyalar soniga nisbati hisobga olinadi. 1dan 4 gacha boʻlgan qiymatlar – bozor uchun normal holat; 4 dan 6 gacha boʻlgan qiymatlar – bu tashvishli koʻrsatkich, bunda 1 ta boʻsh oʻringa 4-6 ta rezyume toʻgʻri keladi; 6 dan koʻp qiymat – ish oʻrinlari uchun juda yuqori raqobat mavjud boʻlgan sohaning ogʻir ahvoli boʻlib, bunda 1 boʻsh oʻringa 6 tadan koʻproq rezyume toʻgʻri keladi.

    2019 yilning yanvar-fevral oylarida “Axborot texnologiyalari/Internet/Telekommunikatsiyalar” professional sohasida HeadHunter Indeksining oʻlchovi 1 dan 3 gacha meʼyor doirasida boʻlganki, bu talabgorlar bozoridagi yuqori raqobatning yoʻqligidan dalolat beradi va mazkur soha mutaxassislariga mehnat bozorida oʻzini birmuncha qulay sezishiga imkon beradi.

    Nomzodning ijtimoiy-demografik qiyofasi

    Mana bir necha yildirki, IT tarmogʻi doirasida erkak va ayollar nisbati oʻzgarmayapti: ish izlovchilarning aksariyati – insoniyatning kuchli yarmi vakillari (soʻralganlarning 92 foizi). IT yuqori texnologiya tarmogʻi ularning qoʻlida, balki bu omil ayol va texnikaning uygʻun emasligi stereotipi bilan balki ayollarning ijtimoiy layoqati, kompyuter va telekommunikatsiya anjomlari jalb eta olmasligi bilan izohlanar.

    Nomzodlarning yoshiga oid xususiyatlarga kelsak, hh.uz portali maʼlumotiga koʻra, ish izlovchilarning eng katta qismi 26 yoshdan 35 yoshgacha boʻlib, ular ish qidiruvchilarning 43 foizini tashkil etadi.

    Ish izlovchilarning 56 foizi rezyumelarida 6 yildan koʻproq ish tajribasiga egaligini, talabgorlarning faqat 8 foizida ish tajribasi yoʻqligini koʻrsatishgan.

    “Axborot texnologiyalari/Internet/Telekommunikatsiyalar” professional sohasida ish haqi oʻlchovi (Ranjir)

    Mediana – oʻsib borish tartibidagi, oʻrganilayotgan massiv oʻrtasida joylashgan ish haqi qiymati. Taklif etiladigan ish haqi median koʻrsatkichining oʻrtacha arifmetik koʻrsatkich bilan taqqoslaganda afzalligi uning soʻnggi qiymatlardan mustaqilligi hisoblanadi, chunki u yigʻindini ikkita teng qismga boʻladi.

    Moda – koʻpincha oʻrtacha ish haqidagi qiymat boʻlib, aksariyat hollarda qisman uchrab turadi.

    Ish izlovchi kutgan natija

    2019 yilning yanvar-fevral oylarida “Axborot texnologiyalari/Internet/Telekommunikatsiyalar” professional sohasida nomzodlar umid qilgan ish haqi darajasi 12 581 625 dan 37 744 875 soʻmgacha boʻlgan summadan iborat, ikkinchi oʻrinda talab etilgan ish haqi 3 744 487 dan 5 032 650 soʻmni tashkil etadi.

    Ish beruvchining taklifi

    Mediana – oʻsib borish tartibidagi, oʻrganilayotgan massiv oʻrtasida joylashgan ish haqi qiymati. Taklif etiladigan ish haqi median koʻrsatkichining oʻrtacha arifmetik koʻrsatkich bilan taqqoslaganda afzalligi uning soʻnggi qiymatlardan mustaqilligi hisoblanadi, chunki u yigʻindini ikkita teng qismga boʻladi.

    Moda – koʻpincha oʻrtacha ish haqidagi qiymat boʻlib, aksariyat hollarda qisman uchrab turadi.

    IT sohasidagi eng yuqori maosh toʻlanadigan mutaxassisliklar CTO, CIO, IT boʻyicha direktor, Web-injener, dasturchi, dastur yaratuvchi, CRM Internet, Startap tizimlari hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati