Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻzbekiston-Tatariston – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar tarmoqlari rivoji
    04.03.2019

    Joriy yilning 28 fevralidan 2 martiga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Qozon (Tatariston) shahriga tashrifi amalga oshirildi.

    Tashrif doirasida Tataristonning yetakchi AT-kompaniyalari, innovatsion “Startap-loyihalari” hamda texnologik parklari bilan istiqboldagi hamkorlik va sheriklik munosabatlari oʻrnatildi.

    Hamkorlikdagi ishchi guruhi tomonidan Tatariston axborotlashtirish va aloqa vazirligi bilan birgalikda yaqin vaqt ichida hamkorlikni jadallashtirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni shakllantirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

    Yoʻl xaritasi “startap-ekotizimlar”, istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishni venchurli mexanizmlarini joriy etish, AT-taʼlimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

    “Innopolis” Innovatsiya parki va Qozon AT-Parkiga tashrif yakunlariga koʻra, hamkorlik toʻgʻrisidagi tegishli kelishuvlar imzolandi.

    Manba: Axborot xizmati