Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda AQShning Webster universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    20.02.2019

    20-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AQShning Webster universiteti vitse-prezidenti Jon Payl, universitet prorektori J.Shuster TATU rahbariyati hamda TATUda AQShning Webster universiteti «Biznes boshqaruvi (MBA)» magistratura yo‘nalishiga o‘qishga xujjat topshirgan talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

    Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — TATUda AQShning Webster universiteti «Biznes boshqaruvi (MBA)» magistratura yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish jarayoni bilan tanishish, hujjat topshirayotgan talabalar bilan uchrashish, ular bilan ta’lim jarayoni haqida suhbatlashib olish hisoblanadi. Bundan tashqari, Toshkent shahrida AQShning Webster universiteti filialini tashkil etish va 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab  abituriyentlarni qabul qilinishini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama etish ham ko‘zda tutilgan.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQShning Vebster universiteti (Webster University, George Herbert Walker School of Business and Technology) Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yo‘nalishi) o‘quv dasturi asosida «Loyihalarni boshqarish» yo‘nalishiga talabalarni qabul qilish jarayoni boshlangan va o‘qishga qabul qilish davom etmoqda.

    Qabul haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

    Manba: Axborot xizmati