Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TIUda Angular Meetup ishlab chiquvchilarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi
    15.02.2019

    Toshkent shahridagi Inha universitetida Angular Meetup ishlab chiquvchilarining birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Angular - bu ochiq boshlangʻich kodli JavaScript-freymvork. Bir sahifali ilovalarni ishlab chiqish uchun moʻljallangan. Uning maqsadi MVC-shabloni asosidagi brauzerli ilovalarni kengaytirish, shuningdek sinash va ishlab chiqishni soddalashtirishdan iborat.

    Spikerlar sifatida Doniyor Yusupov (Quanto), Ismoil Solixoʻjayev (Symbiotries.inc), Aleks Kulagin (Shtrihpunktir ream) va Alisher Nuritdinov (Inspired) soʻzga chiqdi.

    Uchrashuv davomida spikerlar “Loyiha tarkibini tashkil qilish”, “Angular dagi yoʻnaltirish”, “Oqimlar bilan ishlash va asosiy xatolar” hamda “Angular dagi reaktiv shakllar” kabi mavzularni koʻrib chiqdi.

    TIU talabalari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

    Manba: Axborot xizmati