Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Polymedia Uzbekistan” loyihasi AV sanoatidagi - InAVation Awards xalqaro mukofotiga sazovor boʻldi
    07.02.2019

    “Polymedia Uzbekistan” loyihasi AV sanoatidagi - InAVation Awards xalqaro mukofotiga sazovor boʻldi.

    Education nominatsiyasidagi loyiha - Toshkent shahridagi Inha universiteti.

    2018 yilning may oyida Polymedia kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun yaratilgan tizimlar kompleksini taqdim etdi. Loyiha doirasida universitetning yangi binosidagi oʻquv, kutish xonalari, kompyuter sinfi, shuningdek, katta majlislar xonasi eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

    Multimediya kompleksining muhim jihati taqdimot, maʼruza, leksiyalar oʻtkazishga imkon beruvchi eng oddiy, yengillashtirilgan va soʻzga chiquvchi uchun qulay boʻlgan shakldagi interfaol tribunalar boʻldi.

    Manba: Axborot xizmati