Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AT “Aloqabank” UnionPay International xalqaro toʻlov tizimining “Yil kashfiyoti - 2018” mukofoti bilan taqdirlandi
    30.01.2019

    AT “Aloqabank” UnionPay International xalqaro toʻlov tizimining “Yil kashfiyoti - 2018” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

    “Yil kashfiyoti – 2018” mukofotining tantanali taqdimot marosimi shu yilning yanvar oyida bankning Bosh ofisida boʻlib oʻtdi. Taqdimot marosimida UnionPay International kompaniyasining Oʻrta Osiyodagi mintaqaviy rahbari Chjang Chengdung, AT “Aloqabank” Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari N.I.Nasretdinova va YAUPM MChJ QK Bosh direktori oʻrinbosari F.R.Nigmatovlar ishtirok etishdi.

    Oʻtgan yilning oktyabr oyida AT “Aloqabank” UnionPay International va UzCard toʻlov tizimlari bilan hamkorlikda kontaktsiz kobeydj kartalarni milliy miqyosda muomalaga chiqarish boʻyicha unikal loyihani amalga oshirdi. Bu kartaning eng asosiy afzalligi shundaki, undan ham Oʻzbekistonda, ham dunyoning 170 ta davlat va mintaqalaridagi UnionPay International xalqaro toʻlov tizimining infratuzilmasida foydalanish mumkin. Bunda kobeydj kartalaridan Oʻzbekiston hududida milliy valyutadagi karta kabi, chet elda esa tezkor konvertatsiya evaziga xorijiy valyutada toʻlovlar oʻtkazish va bankomatdan naqd pul yechish uchun foydalanish mumkin.

    Hozirgi vaqtda AT “Aloqabank” tomonidan 30 mingga yaqin kontaktsiz kobeydj plastik kartalari muomalaga chiqarilgan boʻlib, shu qisqa vaqt ichida ular boʻyicha dunyoning 24 ta davlatida tranzaksiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

    AT “Aloqabank” mijozlari “Aloqa Mobile” mobil dasturi orqali joriy yilning 31 yanvariga qadar kobeydj kartalari orqali “Yangi yil tuhfasi” onlayn omonatini qulay shartlarda rasmiylashtirishlari mumkin.

    AT “Aloqabank” tomonidan joriy yilda kobeydj kartalari orqali amalga oshiriladigan xizmat turlarini kengaytirish rejalashtirilgan: internet – doʻkonlarda onlayn harid, elektron xalqaro pul oʻtkazmalari va boshqalar.

    Bundan tashqari, AT “Aloqabank” Oʻzbekistonda roʻyxatga olingan barcha emitent-banklar uchun UnionPay kobeydj kartalari boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha hisob-kitob banki vazifasini bajaradi.

    Manba: Axborot xizmati