Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AT “Aloqabank” filiallari rahbarlari uchun oʻquv seminari tashkil etildi
    24.01.2019

    2019 yil 22 yanvar kuni AT “Aloqabank” filiallari rahbarlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasi moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish, samarali bank boshqaruvini tashkil qilish” mavzusida bir haftalik oʻquv seminari boshlandi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Bank Kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Sh. Sadikov oʻquv seminarini ochib berdi.

    Vazir oʻz nutqida bankning rivojlanish strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, jumladan, bankning kapitallashuv darajasini yanada oshirish, aktivlar sifati, salmogʻi va daromadliligini yaxshilash, mijozlarga masofadan turib zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatish koʻlamini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

    Mazkur seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bank moliya akademiyasi, Toshkentdagi Vestminster universiteti yetakchi mutaxassislari hamda Aloqa va axborotlashtirish sohasining rahbar xodimlari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.

    Haftalik oʻquv seminari davomida ishtirokchilarning zamonaviy bank ishi boʻyicha xorij tajribasi, banklarda mavjud tavakkalchiliklarni, bank likvidliligini samarali boshqarish va resurs bazasini mustahkamlash, chakana bank xizmatlarini koʻrsatishning zamonaviy uslublari, bank faoliyatida zamonaviy marketing vositalari, servis va xizmat koʻrsatish etikasi, stress holatlariga bardosh berish hamda nizolarni boshqarish kabi mavzular boʻyicha maʼruzalar tinglashlari nazarda tutilgan.

    Manba: Axborot xizmati