Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Oʻzbektelekom” AK filiallari rahbarlari uchun zamonaviy samarali menejment boʻyicha oʻquv kurslari
    22.01.2019

    22 yanvar kuni Toshkentda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiallari rahbarlari uchun zamonaviy samarali menejment boʻyicha bir haftalik maxsus oʻquv kurslari boshlandi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov soʻzga chiqdi.

    “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining muhim boʻlinmalari rahbarlari uchun oʻquv kurslarini ochib berar ekan, vazir kompaniyani taraqqiy ettirishning ustuvor jihatlarini belgilab berdi. Zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish hamda aksiyadorlik kompaniyasi menejmentining sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha aniq vazifalar qoʻydi.

    Bir hafta davomida maxsus kurslar doirasida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiallari rahbarlariga yetakchi mutaxassislarning 20 tadan ortiq maʼruzalari taqdim etiladi.

    Filiallar direktorlari oʻquv kurslari bilan bir paytning oʻzida kompaniyaning boʻlinmalari buxgalterlari uchun ixtisoslashtirilgan mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati