Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentdagi Inha universitetida “Startup Mix” biznes-anjumani hamda “Technovation Uzbekistan” 2019 tanlovi boʻlib oʻtmoqda
    20.01.2019

    Bugun Toshkent shahridagi Inha universitetida “Startup Mix” startap va innovatsiyalar boʻyicha eng nufuzli biznes-anjuman hamda “Technovation Uzbekistan 2019” tanlovi boʻlib oʻtmoqda.

    “Startup Mix” startap va innovatsiyalar boʻyicha biznes-anjumani doirasida maʼruzalar, video taqdimotlar, master-klasslar, startap loyihalar, “BitStreem” startapining taqdimoti va storiteling, sunʼiy aql (idrok) kabi dolzarb mavzularning muhokamasi boʻlib oʻtmoqda.

    “Technovation Uzbekistan 2019” tanlovi uch yildan buyon Toshkent shahridagi Inha universitetida dunyoning hotin-qizlar jamoalari uchun xalqaro texnologik tanlov oʻtkazib kelinmoqda.

    Qizlar oʻz xamjamiyatlarida texnologiyalar yordamida ijtimoiy muhim masalalarni hal qilishni oʻrganadi (mobil ilovalarni yaratadi, loyihanining biznes rejasini yozadi, loyiha haqidagi videoni suratga oladi va uni tanlov finalida taqdim qiladi).

    Manba: Axborot xizmati