Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda axborot va kiberxavfsizlik muammolari muhokama qilindi
    23.11.2018

    Joriy yilning 22-23-noyabr kunlari Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida axborot va kiberxavfsizlik muammolari» mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Uning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Bahromjon Olmatov so‘zga chiqdi.

    Konferensiyada axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi mahalliy va xorijiy ekspertlar joriy holat va rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha chiqishlar qilishdi. Shuningdek, axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi yangi texnologik yondashuv va yechimlar namoyish qilindi.

    Shuningdek, konferensiya davomida Rossiya, Koreya Respublikasi va Isroilning ilg‘or kompaniyalari vakillari hamda mahalliy integratorlar tomonidan kiberxavfsizlik sohasidagi eng yangi texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar, apparat vositalari va boshqa yechimlar taqdim etildi.

    Manba: Axborot xizmati