Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda “DIGITAL UZBEKISTAN” forumi bo‘lib o‘tdi
    26.09.2018

    Bugun, 26 sentabr kuni Toshkent shahrida “ICTWEEK 2018” haftaligi doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” Forumi bo‘lib o‘tdi. Forum birinchi bor o‘tkazilib, axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy tendensiyalar to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qilish uchun o‘ziga xos maydonchaga aylandi.  

    Forumda qarama-qarshiliklar tahlil qilindi, uning rivojlanish salohiyati va uni amalga oshirish imkoniyatlari baholandi. Tadbirda davlat organlari rahbarlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi korxona va tashkilot rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

    Forum ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sadikov tabrik so‘zi bilan qutladi.

    Uning qayd etishicha, mazkur forum axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot va jamiyatni raqamli shakllantirish masalalarini hal etishga o'zining munosib hissasini qo'shib, jahon axborot makonida O'zbekistonning pozitsiyasini mustahkamlashga o‘z hissasini qo'shadi.

    Tadbir davomida Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar vakillari tomonidan taqdimotlar boʻlib oʻtdi:

    “Raqamli Qozogʻiston” Davlat dasturi va “Astana Hub” xalqaro texnoparkining taqdimoti - Sheglova Dinara Rinatovna, Qozogʻiston Respublikasi axborot va kommunikatsiya vaziri oʻrinbosari

    Xalq taʼlimi tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish - Sarvar Babaxodjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari

    Raqamli transformatsiya jarayonida investitsiyalarni qanday qaytarish mumkin - Irakliy Kashibadze, “Future Laboratory” Bosh direktori, Gruziya

    Texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha taʼlim dasturlari: Rossiya tajribasi - Gusev Aleksey Nikolayevich, “RVK” AJ innovatsion ekotizimni rivojlantirish departamenti direktori, Rossiya

    Oʻzbekiston iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi: oʻsish uchun yangi imkoniyatlar – Andrey Beklemishov “IDS” ning Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Moʻgʻuliston mintaqaviy direktori, Xalqaro “CIO” Akademiyasi vitse-prezidenti

    “Qozogʻiston Respublikasining elektron hukumat” loyihasi taqdimoti - Kasabek Botagoz Abdixamit qizi, Qozogʻiston Respublikasi “Milliy axborot texnologiyalari” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari

    “Hukumatning raqamli operatori” - Jaloliddin Rahimov, UZINFOCOM yagona integratori Bosh direktori

    Maʼlumotlarni muhofaza qilishning institutsional mexanizmlari, konfidensiallik va maʼlumotlar almashinuvi - Lim Mey-Enn, Osiyoda, Singapurda – bulutli texnologiyalar Assosiasiyasi ijrochi direktori,

    Telekommunikatsiyalarning kelajagi - raqamli texnologiyalar davrida tarmoq operatorlarini muvaffaqiyatli ishtiroki - Doktor Piter Kruzel, Xalqaro “Industry Practice Carrier/Core Telco” kompaniyasi rahbari hamda “Detecon International” (Germaniya) boshqaruv kengashi aʼzosi

    AT-karyerasida va raqamli iqtisodiyotning transformatsiyasida tezkor yoʻl - Andreas Flodstrem, “BEETROOT” asoschisi va Bosh djirektori, Shvetsiya

    “e-Petition” Hukumatlararo tizimi hamda “iJiro” tizimining integratsiyasi va rivojlanish rejasi – O Chang Yong, “SRPOST Co., LTD.” Kompaniyasi direktori, Janubiy Koreya

    Batafsil ma’lumot www.ictweek.uz saytida.

     

    Manba: Axborot xizmati