Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “ICTWEEK Uzbekistan-2018” AKT haftaligining boshlanishi munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
    24.09.2018

    Bugun Toshkentda “ICTWEEK Uzbekistan-2018” AKT haftaligining boshlanishi munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Konferensiya davomida tashkiliy qo‘mita OAV vakillariga AKT Haftaligidan o‘rin olgan tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.

    24-29 sentabr kunlari Toshkent va Jizzaxda oʻtkaziladigan “ICTWEEK Uzbekistan-2018” Oʻzbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi mamlakatimiz axborot texnologiyalari sohasidagi eng muhim va keng koʻlamli tadbir.

    ICTWEEK ning asosiy maqsadi avvalgi yillarda bo‘lgani kabi bu yil ham axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalar namoyish etish va muhokama qilishdir.

    “ICTWEEK Uzbekistan-2018” haftaligi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar:

    Toshkent shahrida:

    Matbuot anjumani

    “ICTEXPO-2018” — axborot texnologiyalari anʼanaviy yillik koʻrgazmasi

    “DIGITAL UZBEKISTAN” forumi

    shuningdek, boshqa tadbir va taqdimotlar.

    Jizzax shahrida:

    Matbuot anjumani

    “Bolalar uchun axborot texnologiyalari” aksiyasi

    Mintaqaviy “ICTEXPO-2018” koʻrgazmasi

    Mintaqaviy forum.

    24 sentabr. Toshkentda matbuot anjumani boʻlib oʻtadi — u “ICTWEEK Uzbekistan-2018” haftaligini ochib beradi. Shu kuni jurnalistlar haftalik haqida batafsil maʼlumot va barcha savollariga javob olishlari mumkin.

    25 sentabr. Jizzax shahrida matbuot brifingi hamda “Bolalar uchun axborot texnologiyalari” aksiyasi boʻlib oʻtadi.

    26 sentabr. Poytaxtdagi “Oʻzekspomarkaz”ning anjumanlar zalida “DIGITAL UZBEKISTAN” forumida boʻlib oʻtadi.

    27 sentabr. Jizzax shahrida “Jizzax viloyati: investitsiyalar, innovatsiyalar, axborotlashtirish” mintaqaviy 3i forumi boʻlib oʻtadi.

    26-28 sentabr. Toshkentda axborot-kommunikassiya texnologiyalari haftaligining muhim voqeasi — “ICTEXPO-2018” koʻrgazmasi oʻtkaziladi.

    26-27 sentabr. Jizzax shahrida Toshkentdagi “ICTEXPO-2018”ga parallel ravishda mintaqaviy koʻrgazma boʻlib oʻtadi.

    “ICTEXPO-2018”da axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorida taqdim etilayotgan zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladi. Ushbu koʻrgazmada axborot texnologiyalari sohasidagi soʻnggi tendensiyalarga ixtisoslashgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etadi: uyali aloqa kompaniyalari, vendorlar, dasturiy taʼminot, tizim integratorlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va boshqalar.

    AKT haftaligi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida oʻtkazilmoqda. Tashkilotchilar — “ICTNEWS Conferences” (“CIBGROUP” MCHJ) va Oʻzbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi (Jizzax sh.).

    Manba: Axborot xizmati