Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda APTLD tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tmoqda
    20.09.2018

    Bugun Toshkentda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yuqori darajali domenlar uyushmasi APTLD (Asia Pacific Top Level Domain) ning 20-yubiley sammiti oʻz ishini boshladi.

    APTLD internet tarmogʻini rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi murakkab mintaqaviy va global tizimga ega asosiy tashkilotlardan biri boʻlib, texnologik va operatsion masalalar boʻyicha tajriba almashish platformasi hisoblanadi. Shuningdek, APTLD domen nomlarini boshqarish boʻyicha xalqaro tamoyillarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. Tashkilot 1998-yilda tashkil topgan, 2003-yilda esa Malayziyada shtab-kvartirasiga ega boʻldi.

    Oʻzbekiston 2017-yilning sentabr oyida .UZ hududida domen nomlarini roʻyxatga olishni muvofiqlashtiruvchi tashkilot “UZINFOCOM” kompaniyasi vakilligida APTLDga aʼzo boʻldi. Olimpiya oʻyinlarida boʻlgani kabi, uyushma aʼzolari ham sammitni oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritish uchun kurashadilar, buning uchun taqdimotlar tayyorlaydilar va assotsiatsiya kengashining qoʻllab-quvvatlashini qoʻlga kiritishga harakat qiladilar. Yubiley sammitining Toshkentda boʻlib oʻtishi - bu .uz domen zonasini rivojlantirishda davlat, biznes va jamoat tashkilotlarining saʼy-harakatlari haqiqiy yuksalishini eʼtirof etishdir.

    Toshkentdagi sammitda 40 dan ortiq OTМ, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerikadan kelgan davlatlarning vakillari ishtirok etmoqdalar. Qatnashchilar orasida Okeaniyadagi kichkina orollar vakillari bilan bir qatorda aholisi soni milliarddan oshgan gigant davlat vakillari ham bor.

    Sammitning ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov ishtirok etdi. APTLD Assotsiatsiya (APTLD)ning 20 yilligi  barcha ishtirokchilar uchun mamlakatimiz va umuman mintaqada Internetning milliy segmentidagi ishlarning hozirgi ahvolini, shuningdek, uning rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyatdir, jumladan, sanoat, jamiyat va davlatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modernizatsiya qilishda asosiy rag'batlantiruvchi vosita sifatida. Vazir shuningdek, mamlakatimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarning rivojlanish holati haqida gapirdi.

    Sammitda shuningdek ICANNning yetakchi texnik mutaxassislari (icann.org, nomlar va manzillarni tayinlash bo'yicha Internet korporatsiyasi) va RIPE NCC (ripe.net) va APNIC (apnic.net) rahbarlari (- Yevropa va Osiyoda IP manzillarini ishlatishni muvofiqlashtirish markazlari) ishtirok etishmoqda. Ularning vazifasi Internet-infratuzilmani maqbul rivojlantirish bo'yicha eng yaxshi amaliyotlarni va uning boshqaruvi sohasidagi siyosatni baham ko'rishdir.

    Konferentsiya o‘z ishini 21-sentabrga qadar davom ettiradi.

    Manba: Axborot xizmati