Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Radiochastotalar boʻyicha kengash mamlakatning radiochastota spektridan samarali foydalanish masalalarini muhokama qildi
    30.08.2018

    2018 yil 28 avgustda Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda 2018 yil birinchi yarim yillikda bajarilgan ishlarning yakunlari qoʻrib chiqildi.

    Kengashning vazifa va funksiyalariga muvofiq radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan respublika hududida foydalanish uchun talabnomalarni koʻrib chiqish, radiochastota biriktirishlaridan foydalanishni muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha chegaradosh davlatlar bilan hamkorlik qilish, respublika radiochastotalarini xalqaro himoya qilish, radiochastota spektridan foydalanish boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, Xalqaro elektraloqa ittifoqining 2019 yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ishlar olib borildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 17 apreldagi PQ-1741-son qarori bilan qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli teleeshittirishga texnik va texnologik oʻtish boʻyicha Davlat dasturi”ga muvofiq respublikada raqamli yer usti televideniye eshittirishiga oʻtish va respublika aholisini toʻliq qamrab olish uchun radiochastotalarni ajratish boʻyicha ishlar davom ettirildi.

    Yigʻilishda shuningdek yangi radiotexnologiyalar qoʻllanilishini tezlashtirish va radiochastota spektriga teng huquqli kirish sharoitlarini yaratish uchun mobil aloqa operatorlarining 900/1800 MGs diapazonlaridagi yangi radiochastota polosalariga oʻtish boʻyicha amalga oshirilgan ishlari haqida maʼlumot berildi.

    Kengash tomonidan radiochastota spektrini nazorat (monitoring) qilish, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan respublika hududida foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning talabnomalarini koʻrib chiqish, respublika hududida radioqurilmalarning xalaqitlarsiz ishlashini taʼminlash va Kengash ish rejasining boshqa masalalari boʻyicha radiochastota organlari bajargan ishlari haqida hisobotlari tingladi.

    Yigʻilishda koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.

    Manba: Axborot xizmati