Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • So‘rov: Fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish
    13.07.2018

    Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, xususan zamonaviy axborot texnologiyalari hamda blokcheyn texnologiyasini joriy qilish orqali fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi fond bozori va birja faoliyatiga AKT ni joriy qilish bo‘yicha so‘rovnomani e’lon qiladi.

    Sizdan fikr-mulohaza, takliflarni quyidagi manzil orqali taqdim etib, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishga chorlab qolamiz:

    Fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish bo'yicha so'rov

    Shu bilan birga, Vazirlik barcha xohlovchilarni fond bozori va birja faoliyatini axborot texnologiyalari, xususan blokcheyn texnologiyasi yordamida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan Yo‘l xaritasini shakllantirishga hamkorlikka chaqiradi.

    Manba: Axborot xizmati