Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yagona portal orqali beriladigan litsenziyalar soni bittaga ko‘paydi
    11.07.2018

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani berish xizmati ishga tushirildi.

    Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 408-son qarori asosida ishga tushirilgan.

    Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan ko‘rsatiladi.

    Xizmat bilan batafsil ushbu manzilda tanishib oling.

    Manba: Axborot xizmati