Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Azim Axmedxadjayev O‘zbekiston avtomobil sporti federatsiyasining prezidenti etib tayinlandi
    10.07.2018

    Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev O‘zbekiston avtomobil sporti federatsiyasining prezidenti lavozimiga tayinlandi. Shu kungacha mazkur vazifani Botirxo‘ja Sidiqov bajarib kelgan.

    O‘zbekiston avtomobil sporti federatsiyasi 2004 yilda tashkil qilingan. Federatsiyaning bosh maqsadi – karting, ralli, avtokross kabi yo‘nalishlarda musobaqalar tashkil qilib, aholi o‘rtasida mazkur sport turlarini ommalashtirishdan iborat.

    Manba: Axborot xizmati