Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ixtisoslashtirilgan IT-maktabga qabul jarayonlari boshlandi
    04.07.2018

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018-2019 o'quv yili uchun 5-sinf o'quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e'lon qiladi.

    Tanlov matematika, ingliz tili fanlaridan yozma shaklda davlat (o'zbek) tilida o'tkaziladi.

    Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

     1. Maktab direktori nomiga ariza;

    2. Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

    3. 086/U-shakldagi tibbiy ma'lumotnoma;

    4. Yashash joyidan ma'lumotnoma (viloyatdan kelgan o'quvchilar Toshkent shahrida yashovchi qarindoshlari tomonidan vasiylikka olinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi shart);

    5. 3x4 hajmda 6 ta fotosurat (oq fon, maktab formasida);

    6. O'quvchining o'zlashtirish tabeli nusxasi (1-4-sinf);

    7. Ota va ona pasport nusxalari;

    8. Hujjatlar jamlanmasi uchun papka (fayl papkasi).

    Hujjatlarni qabul qilish Ixtisoslashtirilgan maktab binosi 1-qavatida 2018 yil 2-20 iyul kunlari soat 9:00dan 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

    Manzil: Mirzo Ulug'bek tumani,Tepamasjid ko'chasi, 4-uy.

    Telefon raqami: 262-15-29 (qabulxona), 262-15-38 (o'quv bo'limi)

    Tanlov Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida shaffoflikni ta'minlash maqsadida bevosita videokuzatuvlar o'rnatilgan holda Inha universiteti va Ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchilari tomonidan o'tkaziladi.