Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston jamoasi tarixda ilk bor Technovation xalqaro tanloviga yo‘llanma oldi
    20.06.2018

    O‘zbekistonlik qizlar jamoasi yurtimiz tarixida ilk marotaba Technovation Challenge 2018 xalqaro tanlovida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

    20 iyunda xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladigan Technovation Challenge 2018 xalqaro tanlovida jahon miqyosida ishtirok etish huquqini qo‘lgan kiritgan finalchi jamoalar nomi ma’lum qilindi. Ular orasida o‘zbekistonlik qizlardan iborat jamoa ham bor!

    So‘nggi bosqichda ishtirok etadigan jamoalar yosh toifasiga ko‘ra taqsimlangan: katta yoshli (15-18 yosh) ishtirokchilar 6 jamoa hamda kichik yoshli (10-15 yosh) ishtirokchilar 6 ta jamoa. "Generation Z" deb nom olgan yurtimiz jamoasi final bosqichining kichik yoshli jamoalari o‘rtasida g‘oliblik uchun kurashadi. Bu jamoa taqdim etgan ilova "ELIST" deb nom olgan hamda oilada gender tengligini ta’minlash mavzusiga bag‘ishlangan. Ilova oilada vazifalarning o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘zaro teng taqsimlanishiga xizmat qiladi.

    Endi jamoa o‘z loyihasini xalqaro hakamlar qarshisida himoya qilish uchun taqdim qilish uchun Kaliforniyaga yo‘l oladi. Tanlovning final bosqichi 2018 yilning 6-10 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Jamoalar 2 ta birinchi o‘rin uchun bahsga kirishadilar (har bir yosh toifasi bo‘yicha bir nafar g‘olib e’lon qilinadi).

    Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda tashkil etilgan Technovation Uzbekistan tanlovida yurtimizda 29 ta jamoa ishtirok etgan. Jamoalar murabbiy va rahbarlar ko‘magida O‘zbekiston uchun dolzarb hisoblangan va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihani ishlab chiqdilar. Mazkur jarayon mobaynida qatnashchilar uchun xorijiy va mahalliy ekspert ishtirokida ta’limiy seminar hamda mahorat darslari tashkil qilindi.

    Technovation loyihasi 10-18 yoshli o‘quvchi qizlar o‘rtasida tanqidiy fikrlash, tadbirkorlik hamda dasturlash ko‘nikmalarini shakllantirishni maqsad qiladi. Mazkur loyiha xotin-qizlarning axborot texnologiyalari sohasiga qiziqishlarini oshiradi, sohaga xotin-qizlarni jalb qilishda muhim o‘rin egallaydi.

    Manba: Axborot xizmati