Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qozog‘iston Respublikasining elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    07.06.2018

    2018 yilning 6 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Utembayev Yerik Miltikbayevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni mehmonni mamlakatimizda AKT sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishtirdi. Sohani taraqqiy ettirish masalasi hukumat rahbariyatining bosh diqqat-e’tiborida ekani ta’kidlandi.

    O‘z navbatida, Yerik Utembayev ham Qozog‘iston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. Jumladan, qo‘shnilarimiz tomonidan «Raqamli Qozog‘iston» dasturi qabul qilingani, uning asosida 2018-2022 yillarda yirik loyihalar amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot berildi.

    Tomonlar har ikkala davlatning AKT sohasi ma’murlari o‘rtasida o‘rnatilgani ikkitomonlama yaqin sherikchilik istiqboli, O‘zbekiston va Qozog‘iston bu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirishda yuqori salohiyatga ega ekanligi qayd etildi.

    Uchrashuv mobaynida axborot texnologiyalarining turli yo‘nalishlarida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda har ikki davlatning biznes vakillarini jalb qilishga kelishib olindi.

    Manba: Axborot xizmati