Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Startaplarni rivojlantirishda koreyalik ekspertlar bilan hamkorlik qilinadi
    18.04.2018

    Joriy yilning 15 - 21 aprel kunlari Koreya axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish instituti (KISDI) muassasasi mutaxassislardan iborat delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib, O‘zbekistonda dasturiy ta’minot bozori hamda startap loyihalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.

    Ta’kidlash joizki, KISDI ekspertlari so‘nggi 15 yil mobaynida jahonning 27 mamlakatida 73 ta loyihani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lganlar.

    Delegatsiya yurtimizdagi safari davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlantirish vazirligi, shuningdek «Mirzo Ulugbek Innovation Center» axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha Innovatsion markaz hamda vazirlik tizimidagi boshqa tashkilotlar, IT-kompaniyalarda uchrashuvlar o‘tkazdi.

    Jumladan, 17 aprel kuni vazirlikda tashkil etilgan uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov koreyalik ekspertlarni qabul qildi. Uchrashuvda IT-startaplarni va milliy dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ahamiyati ta’kidlandi.

    O‘zaro hamkorlikda davom etadigan konsultativ dastur 2018 yilning dekabriga qadar 4 bosqichda tashkil qilinadi. Dasturning ikkinchi bosqichida o‘zbekistonlik 5 nafar mutaxassisning Koreya Respublikasida ixtisoslashgan o‘quv va seminarlarda ishtirok etishi reja qilingan.

    Koreyalik mutaxassislar dasturiy ta’minot bozorida tadbirkorlik muhitining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun inson salohiyati, qulay tadbirkorlik iqlimi, iqtisodiy asos hamda qulayliklar zarurligini qayd etdilar.

    O‘z navbatida, Olimjon Umarov mehmonlarning diqqatini hukumat tomonidan sohalarda, xususan axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha qulayliklar yaratib berilayotganiniga qaratdi.

    Manba: Axborot xizmati