Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Azim Axmedxadjaev Afg'oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vazirini qabul qildi
    02.04.2018

    Bugun O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaev Afg'oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shaxzod Gul Aryobini qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda «Afg'on Telekom» kompaniyasi rahbari Ajmal Ayan ham ishtirok etdi.

    Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, jumladan yuqori tezlikdagi tranzit aloqa kanallarini tashkil qilish, ikki davlat tarmoq operatorlari o'rtasidagi xalqaro telefon trafik sig'imini kattalashtirish, xalqaro internet tarmog'iga yuqori tezlikda ulanishni tashkil qilish, AKT sohasida kadrlar tayyorlash kabi yangi yo'nalishlarda loyihalarni amalga oshirish masalalari uchrashuvning diqqat-markazida bo'ldi.

    Qayd etilganidek, ushbu loyihalar nafaqat aloqa sohasi o'rtasidagi, balki boshqa yo'nalishlarda ham mintaqaviy hamkorlikning ham kengayishiga xizmat qiladi. Mazkur uchrashuv yakuni yuzasidan tomonlar istiqboldagi hamkorlik bo'yicha zarur me'yoriy hujjatlarni imzolashga kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati