Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • e-tijorat sohasini rivojlantirish bo’yicha so’rovda qatnashing
    12.02.2018

    2018-yilning 22-yanvarida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonining bajarilishi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlarni takomillashtirish maqsadida so'rov o'tkazmoqda.

    Shu sababli, barchani ushbu so'rovda qatnashishga chorlaymiz. So’rovning natijalari “O’zbekiston Respublikasida elektron tijoratni tubdan takomillashtirish choralari to’g’risida”gi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chqishda qo’llanadi.

    So’rov joriy yil 16-fevralga qadar otkaziladi.

    So’rovnomaga o’tish.

    Manba: Axborot xizmati