Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «GEOTWO» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
    09.02.2018

    O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 9 fevral kuni «GEOTWO CO LTD» (Koreya Respublikasi) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda o‘z yechimlarimiz asosida milliy geoinformatsion dasturiy ta’minot yaratish borasida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

    Uchrashuv davomida tomonlar geoinformatsion tizimlarni rivojlantirish, chet mahsulotlarga qaramlikni keskin kamaytirish, kelgusida xizmatlar va dasturiy mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini yaratish uchun milliy axborot tizimlarini mahalliylashtirish va ishlab chiqish borasida hamkorlikka kelishib olishdi.

    «GEOTWO CO LTD» 2000 yili tashkil etilgan mustaqil geoinformatsion kompaniya bo‘lib, Janubiy Koreya yer-qurilish va axborot makoni bozorida yetakchi sanaladi. «GEOTWO» kompaniyasi yechimlarining o‘ziga xosligi shundaki, ular AQShning «ESRI» kompaniyasiga tegishli mashhur «ArcGIS» dasturiy mahsulotiga turdosh sanaladi va Koreya Respublikasi hamda boshqa qator mamlakatlar davlat organlarida joriy etilgan.

    Manba: Axborot xizmati