Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Butunjahon banki bilan «Digital CASA» loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi
    05.02.2018

    Vazirlikda Butunjahon bankining yurtimizga tashrif buyurgan maxsus vakillari guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur delegatsiya mamlakatimizda "Raqamli Markaziy Osiyo -- Janubiy Osiyo" (Digital CASA) loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tashrif buyurgan. Butunjahon banki vakillari tashriflari jarayonida O‘zbekistondagi raqamli rivojlanish holati va natijalar xususida ham muzokaralar olib borishmoqda. 

    «Digital CASA» loyihasi Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlaridagi AKT infratuzilmani rivojlantirish, elektron hukumat uchun tizimlari ishlab chiqarish, raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borishni ko‘zlaydi. Uchrashuvda har ikkala tomon «Digital CASA» loyihasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohaza hamda takliflarini bayon qildilar.

    O‘zbekiston tomoni mamlakatda ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida kutilayotgan jihatlar haqida o‘z qarashlarini ma’lum qildi. Shundan kelib chiqib, Butunjahon banki bilan hamkorlikning mamlakat axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari tarmoqlarini rivojlantirishdagi ahamiyati qayd etildi. 

    Uchrashuvda loyihani ishlab chiqish yuzasidan keyingi rejalar belgilab olindi. Shuningdek, Butunjahon bankining maxsus vakillari O‘zbekistondagi vazirlik va idoralar, jumladan IT-muassasalar bilan uchrashuvlarini davom ettirishmoqda.

    Manba: Axborot xizmati