Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «McKinsey & Company» vakillari bilan uchrashuv
    30.01.2018

    29 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «McKinsey & Company» kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini shakllantirish va moliyalashtirishga oid yangi tartib to‘g‘risida”gi qarorida vazirlik zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan edi.

    Shu munosabat bilan, vazirlikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirilgan.

    Uchrashuvda «McKinsey & Company» kompaniyasi bilan bu yo‘nalishda hamkorlik qilish va sohani xalqaro tajribani hisobga olgan holda, AKTni uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadli rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

    Aytish joizki, mazkur konsepsiyada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, «elektron hukumat»ni joriy qilish, axborot xavfsizligini ta’minlash, sohada innovatsiyalarni tatbiq etish, pochta, logistika hamda elektron tijorat kabi yo‘nalishlarda zamonaviy xizmatlarni joriy qilish, shuningdek, ta’lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilg‘or usullarini ilgari surish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.

    Eslatib o’tamiz, shuningdek, bu masalada keng jamoatchilik fikri va qarashlarini hisobga olish, konsepsiyani ishlab chiqishda mahalliy va xalqaro ekspertlarning ishtirokini ta’minlash maqsadida so‘rov o’tkazilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati