Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Barcha soliq inspeksiyalarining rekvizitlari Yagona portalda jam qilindi
    05.01.2018

    Bugungi kunda mamlakatimiz miqyosida Davlat soliq qo'mitasining 200 ta tuman va shahar inspeksiyalari faoliyat ko'rsatmoqda. Qonun hujjatlariga muvofiq 10 dan ziyod soliqlar, ma’muriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalar, majburiy to‘lovlar hamda ijtimoiy fondlar uchun boshqa turdagi to‘lovlarni to'lash maqsadida mazkur inspeksiyalarning rekvizitlari haqidagi ma'lumotlarga ehtiyoj tug'iladi.

    Shuni inobatga olgan holda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) da soliq organlarining yagona g‘azna hisob raqamlari rekvizitlari tog'risidagi ma'lumotlarni taqdim etuvchi interaktiv xizmat ishga tushirildi. Mazkur xizmat orqali yurtdoshlarimiz tegishli soliq organining Yagona g‘azna hisob raqami haqida ma'lumotlarni onlayn olishlari mumkin.

    Byudjetga to'lovlar Moliya vazirligining ijtimoiy bank hisobi -- yagona g‘azna hisob raqamlariga o'tkaziladi. Mazkur hisob raqamlar O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) da yuridik yoki jismoniy shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish hamda tegishli ma'lumotnoma shaklini to'ldirish kerak bo'ladi. Undagi "Soliq organi" bo'limida kerakli hududdagi soliq bo'linmasi hamda soliq turini ko'rsatish kerak bo'ladi.

    Manba: Axborot xizmati