Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik barchangizni yangi yil bilan qutlaydi!
    30.12.2017

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sizni kirib kelayotgan yangi yil bilan muborakbod etadi!
    Nihoyasiga yetib borayotgan 2017 yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi uchun ulkan o‘zgarishlarga boy yil bo‘ldi.

    Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatida mamlakat fuqarolarining turmush tarzini yuksaltirishning ahamiyatli maqsad-vazifalari belgilab berilgan edi. Ular qatoridan yurtimizda AKT sohasini rivojlantirishning keyingi chora-tadbirlari ham o‘rin olgan. 

    Aytish joizki, o‘tayotgan yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlarida davlatimiz iqtisodiyoti hamda ijtimoiy turmush tarziga axborot texnologiyalarini joriy qilish yuzasidan belgilangan vazifalar ulushi keskin oshdi. Bu esa davlat rahbarining IT-sohasiga hamda mamlakatni rivojlantirishda uning ahamiyatiga qaratgan yuqori e’tiborini anglatadi. 

    Kirib kelayotgan 2018 yil -- "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Yangi yil soha xodimlaridan xalqimiz turmush tarzini yuksaltirish va yashash sifatini oshirish uchun yanada ko‘proq g‘ayrat-shijoat, yaratuvchanlik va tashabbuskorlik, o‘z ishiga nisbatan professionallik hamda fidoyilikni talab qiladi.

    2018 yil O‘zbekiston uchun ko‘zlangan yuksak rejalar ro‘yobga chiqadigan, oldimizdagi mas’uliyatli vazifalar muvaffaqiyat bilan, samarali amalga oshadigan yil bo‘lsin!

    Manba: Axborot xizmati