Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Inha universiteti vitse-prezidenti tashrif buyurdi
    27.12.2017

    27 dekabr kuni Janubiy Koreyaning Inha universiteti vitse-prezidenti Inkyo Chong boshchiligidagi delegatsiya vazirlikka tashrif buyurdi. 

    Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchi kurs talabalarining "3+1" loyihasi doirasida Koreya Respublikasidagi Inha universitetidagi o‘quv kursini muvaffaqiyat bilan yakunlaganliklari mamnuniyat bilan qayd etildi. 

    Ma’lumot uchun aytish joizki, Toshkent shahridagi Inha universitetining "Kompyuter va dasturiy ta’minot injiniring" fakultetining 99 nafar talabasi joriy yilning iyunidan boshlab ta’limni Koreya Respublikasining Inchxon shahrida joylashgan Inha universitetida davom ettirib kelishayotgan edi. "3+1" loyihasi o‘zbekistonlik talabalarning 3 yil O‘zbekistonda va 1 yil Koreyada tahsil olishlarini ko‘zlaydi. Xorijdagi o‘quv kurslarida yoshlarimiz 2 semestr davomida yetakchi ekspert va professorlardan ta’lim olishdi. 27 dekabrda Inchxon shahrida Toshkent shahridagi Inha universitetining ilk qaldirg‘och-talabalarining tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuv davomida samarali amalga oshirilayotgan ikkitomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan bakalavriat yo‘nalishida yangi yo‘nalishlarni joriy qilish, shuningdek magistratura bo‘limini tashkil qilish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

    Manba: Axborot xizmati