Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Farhod Ibragimov: «2018-yil rezidentlarimiz uchun global miqyosda amaliy natijalar yili bo‘ladi»
    25.12.2017

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil — «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilingani keng jamoatchilikning rezonansiga sabab bo‘ldi.

    «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi direktori Farhod Ibragimov davlat ahamiyatiga molik qadam, ichki IT-sohasining istiqbollari va ularni amalga oshirishda biznesning roli to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi:

    — Bizga omad kulib boqdi: biz O‘zbekistonning yangi tarixi yozilayotgan davrda yashayapmiz. Bu mamlakat — o‘z kuch-qudratini, imkoniyatlarini anglagan va o‘zini dunyoga ochagan mamlakat. Joriy yilda boshlangan jarayonlar ortga qaytarilmas va progressiv tusdagi o‘zgarishlarga olib keldi. Respublika nafaqat yetakchi davlatlar darajasiga erishish niyatini e’lon qildi, balki jahon amaliyotlari, standartlari va yondashuvlarini hisobga olgan holda o‘z ish rejasini ishlab chiqdi. Bu bosqichma-bosqich biznes tashabbus va ijtimoiy hayotning turli sohalarida yangi g‘oyalar va yechimlarni joriy etishga asoslangan innovatsion iqtisodiyotga o‘tishdan iboratdir.

    Huddi shu tamoyillar asosida Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazining faoliyati barpo etilmoqda. 2018-yil biz va bizning rezidentlarimiz uchun haqiqiy harakat va global miqyosda amaliy natijalar yiliga aylanishiga shubha qilmaymiz. Markazning asosiy maqsadi — AKT sohasida rivojlanayotgan tadbirkorlar bilan faol hamkorlik o‘rnatish va ular faoliyatida bir qator mahalliy vazifalarni hal qilish orqali rag‘batlantirishdan iborat. Bu yerda gap ish jarayonlarini tashkil etish, infratuzilmani taqdim etish, professional darajani oshirishdagi ishtirokimiz haqida ketmoqda.

    Bunday sharoitda mas’uliyatni o‘z zimmamizga olib, biz markaz rezidentlari uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar ochib beramiz.

    Bunday sharoitda mas’uliyatni o‘z zimmamizga olib, biz markaz rezidentlari uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar ochib beramiz va umid qilamizki, ular nafaqat bundan foydalanishadi, balki ularni imkon qadar kengaytirishga yordam berishadi. Tegishli infratuzilmani yaratishga va soha mexanizmlarini tartibga soluvchi hamda hozirda ishlab chiqarilishi jarayonida bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda IT-biznes vakillarining faol ishtiroki zarur. Oddiygina so‘rovnoma yoki ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish ham oz bo‘lsa-da, AKTni rivojlantirishga qo‘shilgan hissadir.

    Innovatsiya markazining rezidentlari va manfaatdor kompaniyalarga murojaat qilmoqchiman: bir o‘ylab ko‘ring-chi, nimalarga erishmoqchisiz, nimalar qildingiz va yana qanday ishlarni amalga oshirish lozim? Davlat tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlarni o‘rganib chiqib, harakat qiling — biz sizlarga yordam beramiz!

    Manba: www.pv.uz

    Manba: Axborot xizmati