Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Soha xodimlariga davlat mukofotlari topshirildi
    05.12.2017
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi arafasida yurtimiz mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidan taqdirlangan bir guruh xodimlarga davlat mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 
     
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoniga ko‘ra, huquqiy davlatni shakllantirish va milliy qonunchilikni takomillashtirishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini himoya qilishga, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan katta hissasi uchun: 
    - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat Feldyegerlik xizmati katta inspektori Azizov Abduvahob Abdurazoqovich hamda Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi boshlig‘i  yordamchisi Esonov To'lqin Nishonovich "Sodiq xizmatlari uchun" medali;
     
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining harbiylashgan otryad boshlig'i Haitov Sayfulla Mahmudovich «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi. 
     
    Shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonga muvofiq «Shuhrat» medali bilan:
    - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlashga ko'maklashish markazi direktorining birinchi o'rinbosari Mirzayev Olimjon Nomazovich;
    - "O'zbektelekom" AK "Billing Telekom" filiali muhandisi Musiyachenko Igor Valerevich taqdirlandi. 
     
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligini munosib nishonlash maqsadida, ushbu davlat bayrami soha tizimida ham keng miqyosda nishonlanmoqda, huquqiy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda. O'tkazilgan tadbirda ham sohada samarali xizmat qilib kelayotgan 46 nafar xodimga "O'zbekiston Konstitusiyasiga 25 yil" esdalik nishoni topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati