Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda “Xakaton Open Data Challenge 2017” tanlovi boshlandi
    29.11.2017

    Toshkent shahridagi Inha universitetida 2017 yilning 29 noyabr kuni “Open Data Challenge” ilovalarni, ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda, ishlab chiqish bo‘yicha tanlovining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, O‘zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Elektron Hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va “UZINFOCOM” markazlari tomonidan tashkil etildi.

    “Open Data Challenge” – bu ochiq hukumat ma’lumotlariga asoslangan mahsulotlarni tez ishlab chiqish bo‘yicha musobaqa bo‘lib, u O‘zbekiston uchun nisbatan yangi bo‘lgan ochiq ma’lumotlar g‘oyasini targ‘ib etishga qaratilgan.

    Xakatonning asosiy vazifasi Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz) va O‘zbekiston davlat organlari veb-saytlarida joylashtirilgan, hamda xususiy sektor tomonidan taqdim etilgan ochiq ma’lumotlar orasida ijtimoiy va innovatsion ilovalar va xizmatlar yaratishdir.

    Open Data Challenge xakatoni 2017 yilning 30 noyabrdan 3 dekabrgacha ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi. 30 noyabr va 1 dekabr kunlari ro‘yxatdan o‘tgan 400 dan ziyod ishtirokchilar mahorat maktablari va seminarlarda ishtirok etadilar. Ushbu tadbirlar davomida ishtirokchilar malakali mutaxassislar dizayn-fikrlash, jamoalarni shakllantirish, Python tili asosida ma’lumotlarni tahlil etish, Lean Startup va Customer Development metodologiyasi, blokcheyn va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar.

    2 va 3 dekabr kunlari trening va master klasslarda olgan bilimlari va takliflar, hamda ochiq ma’lumotlar asosida o‘z loyihalarini yaratadilar.

    Tanlov hakamlar hay’ati loyihalarni o‘rganib chiqadi va uch nominiatsiya asosida g‘oliblarni aniqlaydi:

    •           Ochiq ma’lumotlarda asoslangan eng yaxshi ijtimoiy loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma’lumot yig‘uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);

    •           Ochiq ma’lumotlarda asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlar uchun botlar, ma’lumot yig‘uvchi, qayta ishlovchi va taqdim etuvchi uskunalar);

    •           Xakatonning eng innovatsion loyihasi.

    Birinchi ikki nominatsiyada g‘oliblar yakka va jamoaviy tarkibda aniqlanadi. Xakatonning eng innovatsion loyihasini g‘olibi Xakatonga taqdim etilgan yechimlar orasidan tanlab olinadi.

    Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 2017 yilning 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

    Manba: Axborot xizmati