Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 11-44
Barcha raqamlar
  • TSOYaEA tizimida tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish “My2.gov.uz”ga o‘tmoqda
    11.11.2017

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini (“My2.gov.uz”)da yuridik shaxslar uchun tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishga xizmat qiluvchi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot (TSOYaEA)tizimida interaktiv xizmati ishga tushdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mazkur xizmat faqatgina Yagona portalning yangi shakli orqali ko‘rsatiladi.

    Tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda shartnoma bo‘yicha ma’lumotlar faylini yuklab olish yo‘li bilan mustaqil amalga oshiriladi.

    Jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tartibga solinadi.

    Hozirga vaqtga kelib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqiniga tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha 706 mingdan ortiq ariza kelib tushgan bo‘lib, ularning 370 mingdan ziyodi tizimga kiritildi.

    TSOYaEA tizimida tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish xizmatidan qanday foydalanish mumkin?

    1. Dastlab id.gov.uz tizimida jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘ting, so‘ngra “Foydalanuvchi kabineti”da yuridik shaxsni qo‘shib qo‘ying!

    2. id.gov.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng “My2.gov.uz”ga yuridik shaxs sifatida kiring!

    3. Xizmatlar guruhidan “Bojxona” xizmatini tanlang!

    Manba: Axborot xizmati