Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 +99871 237-01-11 Barcha raqamlar
  • 2018 yildan ma’muriy jarayonlarni soddalashtirish bo‘yicha elektron tizim joriy etiladi
    13.07.2017

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 11 iyul kuni mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qaror imzolandi.

    Qarorga binoan, Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan hamkorlikda 2018 yil 1 yanvardan yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish jarayonlarini soddalashtirish, notarial harakatlar, avtotransport vositalarining texnik ko‘rikdan o‘tishi ustidan nazorat, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari tomonidan davlat xizmatlarining ko‘rsatilishi bo‘yicha elektron tizimni ishlab chiqadi va joriy etadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 11 iyul kuni mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorining to‘liq matni bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

    Manba: Axborot xizmati